
O‘zbekiston kubogining final uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Farg‘onadagi Istiqlol stadionida Navbahor va Andijon jamoalari kubok uchun maydonga tushdi.
Gollarga boy bo‘lgan bellashuvning asosiy vaqtida g‘olib aniqlanmadi – 1:1. Sovrindorni aniqlash uchun esa qo‘shimcha bo‘limlarga murojaat etildi va yakunda burgutlar 3:2 hisobida g‘alaba qozonib, o‘z tarixida ilk bor O‘zbekiston kubogini qo‘lga kiritdi.
NAVBAHOR 2:3 ANDIJON