O‘zbekiston kubogi. 28-oktyabr kuni o‘yinoldi rasmiy tadbirlar o‘tkaziladi

18.10.2025O‘zbekiston kubogi

O‘zbekiston kubogi. 28-oktyabr kuni o‘yinoldi rasmiy tadbirlar o‘tkaziladi

29-oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston kubogining final uchrashuvi oldidan bir qator rasmiy tadbirlar o‘rin olgan. OAV vakillari ularda bevosita ishtirok etishi mumkin. 



Finaldan bir kun avval — 28-oktyabr kuni Bobur arenada soat 18:00 da Buxoro klubi bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov hamda jamoaning yetakchi futbolchisi ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi. 18:30 dan e’tiboran esa Buxoro klubi rasmiy mashg‘ulot o‘tkazadi. Uning dastlabki 15 daqiqasi OAV uchun ochiq hisoblanadi.  



Shu kuni soat 19:00 da Paxtakor klubi bosh murabbiyi Kamoliddin Tojiyev hamda jamoaning yetakchi futbolchisi ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi. 19:45 dan e’tiboran esa Paxtakor klubi rasmiy mashg‘ulot o‘tkazadi. Uning dastlabki 15 daqiqasi OAV uchun ochiq hisoblanadi.


Final uchrashuvi uchun ro‘yxatdan o‘tgan OAV vakillarining tegishli ruxsatnomalari matbuot anjumanidan so‘ng o‘z egalariga topshiriladi.

O‘zbekiston kubogi. 28-oktyabr kuni o‘yinoldi rasmiy tadbirlar o‘tkaziladi
    facebooktwittertelegramok
  • Yangilikni ulashing

Boshqa yangiliklar