O‘zbekiston iqtidorlarining eng katta bozori — U19 chempionati pley-off bahslari ertadan start oladi

10.11.2025U19 chempionati

O‘zbekiston iqtidorlarining eng katta bozori — U19 chempionati pley-off bahslari ertadan start oladi

Avvalroq Liga tomonidan O‘zbekiston U19 chempionati pley-off bahslari 11-noyabrdan e’tiboran Toshkentdagi Jar stadionining zaxira maydonida o‘tkazilishi, final bellashuvi esa 18-noyabr kuni Jar stadionining asosiy maydonida o‘tkazilishi xabar qilingandi.  


Ushbu bellashuvlar uchun maydon tanlashda Liga stadionning joylashuvi, maydonning tabiiy chim bilan qoplanganligi, uning sifati, futbol uchrashuvini maydonga tutash tribunalardan tomosha qilish uchun qulayliklar masalasiga alohida e’tibor qaratdi. Zero, o‘zbek futboli iqtidorlarining eng katta bozori hisoblangan musobaqaning eng kuchli futbolchilari ishtirokidagi bahslar nafaqat futbol muxlislari, balki bevosita futbol jamoatchiligi vakillari, murabbiylar, futbol agentlari va seleksionerlari uchun ham qiziqarli bo‘lishiga ishonamiz.  


Ertaga 10:30 da Paxtakor hamda Sho‘rtan jamoalari bahsi bilan ushbu bellashuvlarga start beriladi. Barcha uchrashuvlar Liganing rasmiy YouTube sahifasida jonli efirda namoyish etiladi.

    facebooktwittertelegramok
  • Yangilikni ulashing

Boshqa yangiliklar