Osiyo chempionlar ligasi 2. Bugun Andijon guruh bosqichini yakunlaydi

24.12.2025Xalqaro maydon

Osiyo chempionlar ligasi 2. Bugun Andijon guruh bosqichini yakunlaydi

24-dekabr kuni Osiyo chempionlar ligasi 2 turnirida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Andijon jamoasi guruh bosqichidagi so‘nggi va hal qiluvchi o‘yinini o‘tkazadi. Ushbu bahsda Samvel Babayan boshchiligidagi jamoaga Qatarning Al Ahli klubi raqiblik qiladi.


Mazkur o‘yinda “burgutlar”ni faqat g‘alaba qanoatlantiradi. Agar jamoa mag‘lubiyatga uchrasa yoki durang o‘ynasa, musobaqa bilan xayrlashadi.


Andijon va Al Ahli klublarining guruh bosqichi doirasidagi dastlabki o‘yini shu yilning 1-oktabr sanasida Andijon shahridagi “Bobur arena” stadionida bo‘lib o‘tgan va unda 0:0 hisobidagi durang natija qayd etilgan edi.


O‘yin Doha shahrida joylashgan “Al Tumama” stadionida bo‘lib o‘tadi. Ushbu stadion 2022-yilgi Jahon chempionatining 8 ta uchrashuviga mezbonlik qilgan. Arena o‘z bag‘riga 44 mingdan ziyod sig‘dira oladi.


Uchrashuvni iroqlik hakam Zaid Tamer Muhammad boshqarib boradi. Unga qanotlarda hamyurtlari Haydar Abdulhassan Ali Ulbaydi, Amir Dovud Husseyn Alvindavi yordam beradi.


Ma’lumot uchun, bugungi hal qiluvchi o‘yin Toshkent vaqti bilan 21:00 da start oladi.

    facebooktwittertelegramok
  • Yangilikni ulashing

Boshqa yangiliklar