
Liga futbol jamoatchiligi vakillarini yangi mavsum starti bilan samimiy qutlaydi.
O‘zbekiston Superligasi bahslarining yuqori notadagi starti barchamizni xursand qiladi. Biroq shu o‘rinda Liga ommaviy axborot vositalari vakillari va muxlislarni “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga bo‘ysunish va Liganing Superliga borasidagi huquqlarini hurmat qilishga chaqiradi.
Yangi mavsum startining dastlabki ikki kuni mobaynidayoq Liga mutaxassislari Superliga bahslarini noqonuniy ravishda va tegishli ruxsatsiz tasvirga tushirgan va Superligadan olingan videomateriallarni o‘z sahifalarida tarqatgan blogerlar sahifalarini bloklashga va ommaviy axborot vositalari vakillari akkreditatsiyalarini bekor qilishga majbur bo‘ldi.
Superliga uchrashuvini o‘z sahifalarida yoritish istagida bo‘lganlardan OAV vakillari uchun media yo‘riqnoma bilan tanishib chiqish va savollar tug‘ilgan taqdirda, media@pfl.uz elektron pochta manziliga murojaat etish so‘raladi.