Olimpik moliyaviy qiyinchiliklar sabab Farg‘onaga bora olmaydi
10.11.2025Proliga

Olimpik klubi Ligaga rasmiy xat yo‘llab, moliyaviy qiyinchilik sababli Proliga 20-turidan o‘rin olgan FarDU jamoasiga qarshi bahs uchun Farg‘ona shahriga bora olmasligini ma’lum qildi.
Shundan kelib chiqib, Superliga va Proliga reglamentining 9.11 bandiga asosan, Olimpik jamoasiga 0:3 hisobidagi texnik mag‘lubiyat, FarDU jamoasiga esa 3:0 hisobidagi texnik g‘alaba yoziladi.
