Oktyabr oyining eng yaxshilari aniqlandi. Ovozlar qanday taqsimlandi?
20.11.2025Superliga

Bilasiz, Professional futbol ligasi odatga ko‘ra, har oy Superliganing eng yaxshi murabbiy va futbolchisi, shuningdek, eng chiroyli golni aniqlab keladi.
Unga ko‘ra, Paxtakor jamoasi bosh murabbiyi Kamoliddin Tojiyev oktyabr oyining eng yaxshi murabbiyi deb topildi. O‘tgan oy Superligada 4 o‘yinda maydonga tushib, raqib darvozasiga 4 ta to‘p kiritgan hamda 1 ta golga hammualliflik qilgan Igor Sergeyev esa eng yaxshi futbolchi bo‘ldi.
Shuningdek, Kenjaboyevning Dinamo jamoasi darvozasiga kiritgan to‘pi oktyabr oyining eng chiroyli goli deya e’tirof etildi.
Oktyabr oyining eng yaxshilari aniqlandi. Ovozlar qanday taqsimlandi?
