OFK litsenziyalash natijalarini e’lon qildi: O‘zbekiston qit’ada yetakchi
15.06.2024PFL
Osiyo futbol konfederatsiyasi bugun navbatdagi litsenziyalash mavsumi natijalarini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, yaqindagina yakuniga yetgan litsenziyalash jarayonini muvaffaqiyatli yakunlagan klublar ro‘yxati taqdim etildi. 2023/24 litsenziyalash mavsumi natijalariga ko‘ra, O‘zbekistonning 19 ta klubi OFK litsenziyasini qo‘lga kiritdi va bu borada O‘zbekiston qit’ada eng yaxshi ko‘rsatkichni egalladi.
OFK Elit Chempionlar ligasi hamda OFK Chempionlar ligasi ikki musobaqalari talablari asosida o‘tkazilgan litsenziyalashdan muvaffaqiyatli o‘tgan O‘zbekiston klublari:
№ |
Klublar |
1. |
PAXTAKOR |
2. |
NAVBAHOR LOCHINLARI |
3. |
NASAF |
4. |
OKMK |
5. |
QIZILQUM |
6. |
SO‘G‘DIYONA |
7. |
BUNYODKOR |
8. |
NEFTCHI |
9. |
METALLURG |
10. |
LOKOMOTIV |
11. |
DINAMO PLYUS |
12. |
ANDIJON |
13. |
BUXORO |
14. |
MASH’AL |
15. |
SHO‘RTAN |
16. |
OLIMPIK TOShKENT |
17. |
SURXON |
18. |
QO‘QON-1912 |
19. |
XORAZM |
Superliga hamda Pro liganing ishtirokchi klublari litsenziya talabgori sifatida OFK litsenziyalash reglamenti shartlari asosida 5 ta mezon bo‘yicha hujjatlarni taqdim etishdi. Biz faxr bilan ta’kidlay olamizki, sport, infratuzilma, ishchi-xodimlar, huquqiy hamda moliyaviy mezonlar bo‘yicha OFKning minimal talablarini O‘zbekistonning ikki yuqori divizioni vakillari bajara olishmoqda.
Hujjat topshirish jarayoni OFKning kuz-bahor tizimiga o‘tganini inobatga olgan holda noyabr oyidan start olib, martga qadar davom etmoqda. Moliyaviy mezonning asosiy talabi – klubning mavjud shikoyat yoki arizalarni belgilangan muddatlar ichida hal etishidir. Bunda 31-dekabrgacha chiqqan shikoyatlar 31-martga qadar hal etilishi nazorat qilinadi. Bu borada klublarning mavjud moliyaviy muammolarini dedlaynlar ichida yopishi masalasi O‘FA va O‘zPFL tomonidan jiddiy nazorat qilinadi va O‘zbekiston futbolchilar uyushmasi bilan hamkorlikda ish olib boriladi. Mazkur sanalardan keyin chiqqan qarzdorliklar amaldagi litsenziyalash sikliga daxldor bo‘lmaydi va ular keyingi litsenziyalash mavsumiga qadar hal qilinadi. Bu qoidani futbol qonunchiligi bilan yetarli darajada tanish mutaxassislar juda yaxshi bilishadi.
Yangi tashkil etilayotgan qit’a klublar musobaqalari oldidan yurtimizning 19 ta klubi qit’a futbol uyushmasining elit turnirining minimal talablarini bemalol bajara oladigan holatga yetganidan behad mamnunmiz va mazkur muvaffaqiyatdan quvonayotgan barcha samimiy yurtdoshlarimizni tabriklaymiz.