OFK Elit CHL. Paxtakor – Al Sadd uchrashuvini avstraliyalik hakamlar boshqaradi
14.02.2025Xalqaro maydon

Paxtakor klubi 17-fevral kuni OFK Elit Chempionlar ligasi 8-turi doirasida Qatarning Al Sadd jamoasini qabul qiladi. Mazkur bellashuvni avstraliyalik hakamlar brigadasi boshqarib boradi.
OFK Elit Chempionlar ligasi. 8-tur
PAXTAKOR (O‘ZBEKISTON) – AL SADD (QATAR)
Bosh hakam: Shon Evans (Avstraliya)
Yordamchi hakamlar: Jorj Lakrindis, Ouen Goldrik (ikkalasi Avstraliya)
To‘rtinchi rasmiy: Adam Kersi (Avstraliya)
VAR: Katerin Yasevich (Avstraliya)
AVAR: Daniel Elder (Avstraliya)
Hakamlar nazoratchisi: Saad Al Fadhli (Kuvayt)
Komissar: Nox Jin Keun (Koreya Respublikasi)