O‘FA qo‘mitasi Buxoro klubidan transfer taqiqini olib tashladi
09.01.2025Superliga

26-dekabr O‘FA tegishli qo‘mitasi 6 klubga transfer taqiqi belgilagandi: Neftchi, Navbahor, So‘g‘diyona, Dinamo, Buxoro va Aral.
Qo‘mitaning bugun — 9-yanvar kuni bergan takroriy xatiga ko‘ra, Buxoro futbol maktabi bilan bog‘liq qarzdorlikni bartaraf qilgan. Shundan kelib chiqib, klubdan transfer taqiqi yechilgan.
Endilikda Liga Buxoro klubining yangi futbolchilarini ro‘yxatdan o‘tkazishi mumkin.