O‘FA Neftchi’ga qo‘yilgan transfer taqiqini bekor qildi

21.02.2025Superliga

O‘FA Neftchi’ga qo‘yilgan transfer taqiqini bekor qildi

Avvalroq Neftchi Vladimir Yejurov, Manuchehr Safarov, Zoir Jo‘raboyev, Arabuli Bachana, Tomislav Mrchela kabilardan qolib kelayotgan qarzdorlikni bartaraf qilib, FIFA tomonidan qo‘yilgan taqiqlarni olib tashlashga erishgandi. 


Keyinroq O‘FA Futbolchilar maqomi va o‘tishi bo‘yicha qo‘mita to‘plangan ma’lumotlar asosida Neftchi’ga yangi futbolchilarni Liga ro‘yxatidan o‘tkazishini chekladi. O‘tgan vaqt davomida klub O‘zbekiston futbolchilar uyushmasi da’volari bo‘yicha ish olib bordi hamda bu borada ayrim futbolchilar bilan to‘liq hisob-kitob qildi. Shuningdek, bir qator futbolchilardan qolib kelayotgan qarzdorlik qisman bartaraf etildi va ular bilan yozma kelishuvga erishdi. Qo‘shimchasiga Neftchi Farg‘ona viloyat futbol maktabi bilan hamkorlik shartnomasi doirasidagi majburiyatlarini 2025-yilgi mavsum davomida bartaraf etish bo‘yicha O‘FA bilan kelishuvga erishdi. 


Shundan kelib chiqib, O‘FA tegishli qo‘mitasi klub murojaatini atroflicha o‘rganib chiqib, yangi futbolchilarni Liga ro‘yxatidan o‘tkazishga nisbatan qo‘yilgan taqiqni shartli ravishda bekor qildi. Endilikda klub O‘FA hamda O‘FU bilan kelishuvlarga muvofiq o‘z majburiyatini belgilangan muddatlarda amalga oshirishi talab etiladi.

    facebooktwittertelegramok
  • Yangilikni ulashing

Boshqa yangiliklar