OAV uchun final oldi rasmiy tadbirlar hamda akkreditatsiyalash rejasi

26.09.2024O‘zbekiston kubogi

OAV uchun final oldi rasmiy tadbirlar hamda akkreditatsiyalash rejasi

5-oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston kubogining final uchrashuvi oldidan bir qator rasmiy tadbirlar o‘rin olgan. OAV vakillari ularda bevosita ishtirok etishi mumkin. 


Finaldan bir kun avval — 4-oktabr kuni Istiqlol stadionida soat 16:30 da Andijon klubi bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov hamda jamoaning yetakchi futbolchisi ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi. 17:00 dan e’tiboran esa Andijon klubi rasmiy mashg‘ulot o‘tkazadi. Uning dastlabki 15 daqiqasi OAV uchun ochiq hisoblanadi.  


Shu kuni soat 17:30 da Navbahor klubi bosh murabbiyi Sergey Lushchan hamda jamoaning yetakchi futbolchisi ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi. 18:15 dan e’tiboran esa Navbahor klubi rasmiy mashg‘ulot o‘tkazadi. Uning dastlabki 15 daqiqasi OAV uchun ochiq hisoblanadi.


O‘zPFL “Akkreditatsiya nizomi va OAV uchun mediayo‘riqnoma”si asosida 2024-yilgi futbol mavsumi uchun 233 nafar jurnalist Liganing PRE akkreditatsiyasiga ega chiqqan. Matbuot va ijtimoiy tarmoqlar bilan ishlash bo‘limi ularning mavsum davomidagi harakatlarini kuzatib boradi. Istiqlol stadioni media tribunasi ularning barchasini sig‘dira olmaydi. Shundan kelib chiqqan holda final bellashuvi uchun maxsus akkreditatsiyalar ishlab chiqiladi va ular Liga saralab olgan jurnalistlarga 4-oktyabr kungi rasmiy tadbirlardan so‘ng taqdim etiladi. Shu kunga qadar Liganing 2024-yilgi mavsumi uchun akkreditatsiyasiga ega bo‘lgan jurnalistlar mazkur akkreditatsiyalari bilan stadionga kira olmaydi.  


Liga, shuningdek, 151 nafar fotomuxbirga PHO akkreditatsiyasini taqdim etgan. Final uchrashuvida bevosita ishtirok etishni maqsad qilgan fotomuxbirga 2024-yilgi mavsum uchun olgan akkreditatsiyasidan kelib chiqib, final uchun maxsus akkreditatsiya taqdim etiladi. O‘z faoliyatiga aloqador texnik qurilmalarga ega bo‘lmagan fotomuxbir stadion texnik zonasiga qo‘yilmaydi.


HB akkreditatsiyasi bilan faoliyat olib borayotgan 119 nafar televideniye xodimi orasidan faqatgina “Sport” telekanali taqdim etgan ro‘yxatga kiritilgan texnik guruhga final akkreditatsiyasi taqdim etiladi. 


Ma’lumot uchun, yuqorida qayd etilgan OAV xodimlaridan tashqari futbol klublarida faoliyat olib borayotgan qator mutaxassislar turli yo‘nalishlardagi akkreditatsiyalarga ega hisoblanadi. Final uchun Liga faqatgina Istiqlol stadioni xodimlariga maxsus akkreditatsiya taqdim qiladi, qolgan barcha holatlarda shu kunga qadar bo‘lgan akkreditatsiyalar bilan stadionga kirish cheklanadi.

OAV uchun final oldi rasmiy tadbirlar hamda akkreditatsiyalash rejasi
    facebooktwittertelegramoklink

    Yangilikni ulashing

Boshqa yangiliklar

Sayt test rejimida ishlamoqda