Noyabr oyining eng yaxshilari aniqlandi. Ovozlar qanday taqsimlandi?
11.12.2025Superliga

Bilasiz, Professional futbol ligasi odatga ko‘ra, har oy Superliganing eng yaxshi murabbiy va futbolchisi, shuningdek, eng chiroyli golni aniqlab keladi.
Unga ko‘ra, Paxtakor jamoasi bosh murabbiyi Kamoliddin Tojiyev noyabr oyining eng yaxshi murabbiyi deb topildi. O‘tgan oy Superligada 4 o‘yinda maydonga tushib, raqib darvozasiga 1 ta to‘p kiritgan hamda 2 ta golga hammualliflik qilgan Hojiakbar Alijonov esa eng yaxshi futbolchi bo‘ldi.
Shuningdek, Alijonovning Bunyodkor jamoasi darvozasiga kiritgan to‘pi noyabr oyining eng chiroyli goli deya e’tirof etildi.
Noyabr oyining eng yaxshilari aniqlandi. Ovozlar qanday taqsimlandi?
