
Andijon shahrida Neftchi hamda Paxtakor jamoalari o‘rtasidagi O‘zbekiston Superkubogi uchun bahs yakuniga yetdi. Bobur arenada kechgan bellashuv farg‘onaliklarning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan nihoyasiga yetdi.
Uchrashuvdagi yagona golga Jurani Ferreira mualliflik qildi. Shu tariqa, Neftchi o‘z tarixida ilk bor mamlakat Superkubogiga ega chiqdi.