Neftchi jamoasi bilan shartnoma imzolagan Stive Peritsaning faoliyatiga nazar tashlaymiz

12.02.2026Superliga

Neftchi jamoasi bilan shartnoma imzolagan Stive Peritsaning faoliyatiga nazar tashlaymiz

Yangi mavsumda xalqaro maydonga qaytayotgan Neftchi klubi xorvatiyalik hujumchi Stive Peritsani o‘z tarkibiga qo‘shib oldi.


Peritsa 1995-yilning 7-iyul sanasida Xorvatiyaning Zadar shahrida tavallud topgan. 


U faoliyatini dastlab Xorvatiyaning Zadar klubida boshlagan. Futbolchi jamoadagi birinchi mavsumini o‘zidayoq 8 ta gol kiritishni uddalagan. Shundan so‘ng, 2013-yilning 1-avgust sanasida uni Londonning Chelsi klubi 2,5 million yevroga sotib oldi. 


Keyingi yillarda futbolchi Isroil, Turkiya, Belgiya, Niderlandiya, Angliya, Italiya kabi mamlakatlarning oliy ligasida to‘p tepdi. Udineza jamoasidagi faoliyati davomida Roma, Milan, Napoli, Yuventus kabi A seriya grandlari darvozasini ishg‘ol etishni uddalagan. 


Futbolchi yakunlagan mavsumni Ruminiyaning Dinamo Buxarest klubida o‘tkazdi va mavsum davomida 16 ta o‘yinda maydonga tushib 6 ta gol kiritishni uddaladi.

Neftchi jamoasi bilan shartnoma imzolagan Stive Peritsaning faoliyatiga nazar tashlaymiz
    facebooktwittertelegramok
  • Yangilikni ulashing

Boshqa yangiliklar