Nasafning OFK Elit chempionlar ligasi 7-turidagi raqibi haqida

09.02.2026Xalqaro maydon

Nasafning OFK Elit chempionlar ligasi 7-turidagi raqibi haqida

9-fevral kuni Nasaf klubi OFK Elit chempionlar ligasi musobaqasining 7-turi doirasida Iroqning Al Shorta jamoasi bilan kuch sinashadi.


Keling, ushbu jamoa haqida biroz to'xtalamiz.


Al Shorta jamoasi 94 yillik tarixga ega. Klub 1932-yili Bog‘dod shahridagi politsiya maktabi direktori Mudhafar Ahmad tomonidan tashkil etilgan. 


Jamoaga muxlislar tomonidan "Police team" (politsiya jamoasi) degan nom berilgan.


Nasafning OFK Elit chempionlar ligasi 7-turidagi raqibi haqida

Al Shorta o'z uy uchrashuvlarini Bog‘dod shahridagi "Al Shorta" stadionida o'tkazadi. Ushbu maydon o'z bag'riga 10 mingdan ziyod muxlisni sig'dira oladi.


Jamoa Iroq chempionatining 8 karra g'olibi, Iroq Superkubogining 2 karra sohibi va 1 karra federatsiya kubogi egasi hisoblanadi.


Al Shorta shu vaqtga qadar OFK Elit chempionlar ligasi (sobiq Osiyo chempionlar ligasi) musobaqasida jami 34 ta o'yin o'tkazgan. 3 ta o'yinda g'alaba qozongan, 23 ta o'yin bog‘dodliklarning mag'lubiyati bilan yakunlangan. 8 ta bahsda esa durang natija qayd etilgan.


Jamoani ayni paytda 52 yoshli misrlik mutaxassis Moamen Soliman boshqarmoqda. Ushbu mutaxassis o'z vaqtida Zamalak, Al Quva Al Joviya, Al-Ittihod Tripoli kabi klublarida faoliyat olib borgan. Shunindek, qisqa vaqt Misrning 17 yoshgacha bo‘lgan terma jamoasida ishladi.


Uning boshqaruvida Zamalak klubi 2016-yil Misr kubogini qo‘lga kiritdi. Al Shorta jamoasi esa 3 karra Iroq Yulduzlar ligasida tengsiz bo‘ldi. Shuningdek, jamoa 1 martadan Iroq Superkubogi va Federatsiya kubogida zafar quchdi.


Jamoa tarkibida ayni vaqt Husayn Ali, Manaf Yusuf, Ahmad Yahyo, Mustafo Sadun, Ahmad Basil kabi Iroq milliy terma jamoasi futbolchilar to'p surmoqda. Shuningdek, Mutez Zaddem, Mahmud Al Mavas, Buli Sambu, Leonel Ateba, Abdul Majid Mumuni, Dominik Mendi kabi mahoratli legioner futbolchilar ham ayni vaqtda ushbu jamoada faoliyat olib bormoqdalar.


Eslatib o'tamiz, OFK Elit chempionlar ligasi 7-turidan o'rin olgan Nasaf — Al Shorta o'yini 9-fevral kuni bo'lib o'tadi. O'yin Farg‘ona shahrida joylashgan Istiqlol stadionida, soat 18:45 da start oladi.

Nasafning OFK Elit chempionlar ligasi 7-turidagi raqibi haqida
    facebooktwittertelegramok
  • Yangilikni ulashing

Boshqa yangiliklar