Nasafning OFK Elit Chempionlar Ligasi 5-turdagi raqibi haqida

24.11.2025Xalqaro maydon

Nasafning OFK Elit Chempionlar Ligasi 5-turdagi raqibi haqida


Bugun Nasaf klubi OFK Elit Chempionlar Ligasi musobaqasining 5-turi doirasida Eronning Traktor jamoasi bilan kuch sinashadi.


Keling, ushbu jamoa haqida biroz to‘xtalamiz.


Traktor jamoasi 55 yillik tarixga ega. Klub 1970-yilda tashkil etilgan.


Jamoaga muxlislar tomonidan Red wolves (qizil bo'rilar) degan laqab berilgan.


Traktor o‘z uy uchrashuvlarini Tabriz shahrida joylashgan Yadegar-e Emam stadionida o‘tkazadi. Ushbu maydon 80 mingdan ziyod muxlisni o'z bag'riga sig‘dira oladi.


Jamoa 2 karra Hazfi kubogi musobaqasida va yana 1 bor mamlakat Superkubogi g‘olibi hisoblanadi. 2024/2025-yilgi mavsum yakunida esa o'z tarixida birinchi marotaba Eron Gulf-Pro ligasida chempion bo'ldi. 


Traktor shu vaqtgacha Osiyo Futbol Konfederatsiyasi tomonidan o‘tkazilgan rasmiy musobaqalarda 52 ta o‘yin o‘tkazgan. Ulardan 15 tasida g‘alaba, 20 tasida mag‘lubiyat, 17 tasida esa durang natija qayd etilgan.


Jamoani ayni paytda 57 yoshli xorvatiyalik mutaxassis Dragan Skochich boshqarmoqda. U o‘z faoliyati davomida Al Nasr, Al Arabi, Fulad kabi Osiyoning nomdor klublarida ishlagan. 2020-yildan 2022-yilgacha Eron terma jamoasiga ustozlik qilgan. 


Murabbiy Traktor jamoasi bilan o'tgan mavsum jamoa tarixida birinchi bor mamlakat chempionligini qo'lga kiritdi. Shuningdek, Eron Superkubogini ham qo'lga kiritdi. 


Jamoa tarkibida ayni paytda Danial Ismaeilfar, Shojai Xalilzoda, Alireza Bayranvand, Amirhusayn Husaynzoda kabi Eron terma jamoasi futbolchilari to'p surishmoqda. 


Ushbu klub O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchilari uchun ham begona emas. Ayni vaqtda Traktor safida O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Odil Hamrobekov faoliyat olib bormoqda.


Eslatib o‘tamiz, OFK Elit Chempionlar Ligasi 5-turidan o‘rin olgan Nasaf – Traktor uchrashuvi 24-noyabr kuni soat 18:45 da start oladi.

    facebooktwittertelegramok
  • Yangilikni ulashing

Boshqa yangiliklar