Nasafning OFK Elit chempionlar ligasi 3-turidagi raqibi haqida

20.10.2025Klublar

Nasafning OFK Elit chempionlar ligasi 3-turidagi raqibi haqida

21-oktabr kun Nasaf klubi OFK Elit chempionlar ligasi musobaqasining 3-turi doirasida Birlashgan Arab Amirliklarining Shabab Al-Ahli jamoasi bilan kuch sinashadi.


Keling, ushbu jamoa haqida biroz to'xtalamiz.


Shabab Al-Ahli jamoasi 8 yillik tarixga ega. Klub 2017-yili Birlashgan Arab Amirliklari futbolidagi eng nomdor klublar - Al-Shabab va Al-Ahli, shuningdek, Dubay SK klublarining birlashtirilishidan tashkil topgan.


Jamoaga muxlislar tomonidan "The Red Knights" (qizil ritserlar) degan nom berilgan.


Shabab Al-Ahli o'z uy uchrashuvlarini Dubay shahridagi Rashid stadionida o'tkazadi. Ushbu maydon o'z bag'riga 8 mingdan ziyod muxlisni sig'dira oladi.


Jamoa Birlashgan Arab Amirliklari chempionatining 2 karra g'olibi, 3 karra Prezident kubogi sohibi va yana 3 karra mamlakat Superkubogi egasi hisoblanadi.


Shabab Al-Ahli shu vaqtga qadar Osiyo Futbol Konfederatsiyasi tomonidan o'tkaziladigan rasmiy musobaqalarda 35 ta o'yin o'tkazgan. 13 ta o'yinda g'alaba qozongan, 7 ta o'yin dubayliklarning mag'lubiyati bilan yakunlangan. 11 ta bahsda esa durang natija qayd etilgan.


Jamoani ayni paytda 55 yoshli portugaliyalik mutaxassis Paulo Sousa boshqarmoqda. Ushbu mutaxassis o'z vaqtida KPR, Suonsi Siti, Lester Siti kabi APL klublarida, shuningdek, Salernitana va Fiorentina kabi A Seriya klublarida faoliyat olib borgan.


Uning boshqaruvida Isroilning Makkabi Tel-Aviv jamoasi va Shveytsariyaning Bazel klublari o'z mamlakatlari Oliy ligasida chempionlikga qo'lga kiritgan. Birlashgan Arab Amirliklari chempionatida o'tgan mavsum Shabab Al-Ahli klubi aynan Sousa qo'l ostida chempionlikka erishgan. 


Jamoa tarkibida ayni vaqt Valensiya sobiq futbolchisi Federiko Kartabiya, Sevilya jamoasi hujumchisi Munas Dabbur, Roma jamoasi sobiq a'zosi Sardor Azmun va Eron terma jamoasining asosiy futbolchilaridan biri Said Izzatullohi kabi Yevropa va Osiyo futbolida nom qozongan futbolchilar to'p surmoqda.


Ushbu klub O'zbekiston milliy terma jamoasi futbolchilari uchun ham begona emas. Yaqin yillar mobaynida Shabab Al-Ahli safida Odil Hamrobekov, Jaloliddin Masharipov, Aziz G'aniyev kabi O'zbekiston terma jamoasi futbolchilari faoliyat olib bordilar.


Eslatib o'tamiz, OFK Elit chempionlar ligasi 3-turidan o'rin olgan Shabab Al-Ahli — Nasaf o'yini 21-oktabr kuni bo'lib o'tadi. O'yin Toshkent vaqti bilan 21:00 da start olishi ko'zda tutilgan.

    facebooktwittertelegramok
  • Yangilikni ulashing

Boshqa yangiliklar