
Superliga 4-turi doirasidagi Nasaf – Surxon uchrashuvi Samaraqand shahridagi Dinamo stadionida bo‘lib o‘tadi.
Xabaringiz bor, Nasaf uy uchrashuvlarini Gʻuzordagi Markaziy stadionida o‘tkazib kelayotgandi. Ammo, Gʻuzor shahridagi Markaziy stadioni hozirda Superliga uchrashuvlarini o‘tkazish uchun talab darajasida emas. Shu bois, Nasaf klubi Superliga 4-turidagi uch uchrashuvini o‘tkazish uchun Dinamo stadioni bilan shartnoma imzolab, Ligani xabardor qilgan. Uchrashuv taqvim bo‘yicha 20 mart kuni bo‘lib o‘tadi.
Shuningdek, Jizzaxning So‘g‘diyona klubi Paxtakorga qarshi 4-tur bahsini Toshkentda Paxtakor stadionida o‘tkazishni so‘rab Ligaga rasmiy so‘rov yuborgan. Ma’lumot uchun, Jizzaxning So‘g‘diyona klubi uy uchrashuvlarini Zomindagi stadionda o‘tkazishni rejalashtirgan edi. Ammo, hozir stadionda uchrashuvlarni Superliga o‘yinlarini o‘tkazish uchun talab darajasiga keltirish maqsadida amaliy ishlar amalga oshirilmoqda.
Shu bois, So‘g‘diyona - Paxtakor bahsi taqvimda avval belgilanganidek sanada, 20 mart kuni o‘tkaziladi. Uchrashuvda So‘g‘diyona klubi rasman mezbon maqomida harakat qiladi. Shuningdek, jamoalarning ikkinchi davradagi uchrashuvi ham taqvim bo‘yicha Paxtakor stadionida o‘tkaziladi va unga Paxtakor taqvimda belgilanganidek mezbonlik qiladi.