Mirjalol Qosimov: Natijadan ham, o‘yindan ham qoniqdim
21.11.2024Superliga
Superligada 25-tur start oldi. OKMK jamoasi bu tur Toshkentda Paxtakor mehmoni bo‘ldi va 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Bellashuvdan so‘ng jamoa bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov matbuot anjumanida ishtirok etdi.
FIFA kunlari sabab o‘yin amaliyotisiz qolgan edik. Shu omil bizga pand berishidan qo‘rqqan edik. Bugun Paxtakor juda yaxshi o‘yin ko‘rsatdi. Bizga bugun 3 ochko juda ham kerak edi. Biz so‘nggi 4 bahsda vaziyatlardan foydalana olmayotgan edik. Asosiysi natijaga erishdik. Chempionat oxirida hamma asabiy, charchoq bor. Natija bilan birgalikda o‘yindan ham qoniqdim.
So‘nggi turlarga tayyorgarlik qanday ketmoqda?
Tanaffus biroz xavotirga solgan edi. Bu ritmdan chiqarishimiz mumkin. Birinchi davrani oxirgi o‘yinida Qizilqumga yengilib qolgan edik. Yigitlar bir oylik ta’til oldidan bo‘shashgan edi. Futbolda mayda detallar bo‘lmaydi. Yigitlar emosiyada jang qilishdi.
Bu mavsum ikki marotaba ketma-ket Paxtakorni mag‘lub etdingiz?!
Afsuski, biz vaziyatlardan foydalana olmayapmiz. Bundan avvalgi 4 bahsda shu narsa bizga pand berdi. Xursand qiladigan tomoni, biz oxirigacha o‘ynadik. Bu yaxshi xislat deb o‘ylayman.