Mirjalol Qosimov: Nasaf bilan o‘yin biz uchun so‘nggi imkoniyat

16.09.2024Superliga

Mirjalol Qosimov: Nasaf bilan o‘yin biz uchun so‘nggi imkoniyat

Superligada 18-tur yakunlandi. OKMK klubi bu tur o‘z maydonida Surxonni qabul qildi va 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Bellashuvdan so‘ng jamoa bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Haqiqatdan ham juda og‘ir o‘yin bo‘ldi. Bunga tayyor edik. Taqvimdagi pauza sababli bahs oson bo‘lmasligini bilgan edik. Surxon istalgan jamoa uchun boshog‘riq bo‘ladi. Birinchi bo‘limdagi chetlatishdan so‘ng, yigitlar juda yomon o‘yin ko‘rsatdi. Hozir gol uramiz deb shoshilmay, sekin harakat qilishdi. Xatolar qildik. Bu o‘yinimiz sifatini tushirib yubordi. Ikkinchi taymda tezlikni oshirdik va bu natija berdi. Surxonga omad tilayman. 


Nasafga qarshi o‘yinga alohida reja bormi?


Albatta, bu juda muhim o‘yin. Ular bejizga birinchi o‘rinda ketmayapti. Bu 6 ochkolik o‘yin. Biz uchun oxirgi imkoniyat. Yaxshi ishtirok etsak, imkon paydo bo‘ladi.
Mirjalol Qosimov: Nasaf bilan o‘yin biz uchun so‘nggi imkoniyat
    facebooktwittertelegramoklink

    Yangilikni ulashing

Boshqa yangiliklar

Sayt test rejimida ishlamoqda