Metallurg klubiga FIFA tomonidan qo‘yilgan transfer taqiqi olib tashlandi

10.02.2026PFL

Metallurg klubiga FIFA tomonidan qo‘yilgan transfer taqiqi olib tashlandi

Kecha, 9-fevral sanasida, FIFA Intizom qo‘mitasi Metallurg klubi va uning sobiq futbolchisi Ivan Yosovich o‘rtasidagi ish yakunlanganligi haqida ma’lum qildi.  


Bekobod klubi serbiyalik futbolchi oldidagi qarzdorliklarini to‘laqonli bartaraf etgan va Yosovich klubga nisbatan qo‘llangan taqiqning olib tashlanishini so‘rab murojaat qilgan. Shuni inobatga olgan holda, FIFA Intizom qo‘mitasi klubga qo‘yilgan yangi futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish taqiqini olib tashlab, mazkur ishni yopiq deb e’lon qildi.  


Ta’kidlash joizki, O‘zbekistonda ayni paytda faoliyat yuritayotgan klublar orasida FIFA taqiqi mavjud bo‘lganlar qolmadi.

    facebooktwittertelegramok
  • Yangilikni ulashing

Boshqa yangiliklar