May oyining eng yaxshilari aniqlandi. Ovozlar qanday taqsimlandi?
20.06.2025Superliga

Bilasiz, Professional futbol ligasi odatga ko‘ra, har oy Superliganing eng yaxshi murabbiy va futbolchisi, shuningdek, eng chiroyli golni aniqlab keladi.
Unga ko‘ra, Paxtakor jamoasi bosh murabbiyi Kamoliddin Tojiyev may oyining eng yaxshi murabbiyi deb topildi. O‘tgan oy Superliga va O‘zbekiston kubogida 5 o‘yinda maydonga tushib, raqib darvozasiga 7 ta to‘p kiritgan Igor Sergeyev (Paxtakor) esa eng yaxshi futbolchi bo‘ldi.
Shuningdek, Dinamo a’zosi Oybek O‘rmonjonovning Qizilqum jamoasi darvozasiga kiritgan to‘pi may oyining eng chiroyli goli deya e’tirof etildi.