
2026-yilgi Liga tomonidan o‘tkaziladigan musobaqalarda ishlaydigan OAV vakillari uchun akkreditatsiya jarayoni start oldi.
Endilikda, akkreditatsiya olish istagida bo‘lgan OAV mavsum oldidan maxsus ishga tushirilgan yangi platforma - media.pfl.uz orqali ro‘yxatdan o‘tishi va o‘z arizalarini ushbu platforma orqali to‘ldirishlari talab etiladi.
Shu tariqa, Liga bayrog‘i ostida o‘tadigan rasmiy uchrashuvlarni bevosita stadiondan yoritib borish istagida bo‘lgan OAV Liga tomonidan o‘tkaziladigan tadbirlar va musobaqalarda ishlovchilar uchun media yo‘riqnoma bilan tanishib chiqib, zarur akkreditatsiya uchun arizalarni yuqorida ko‘rsatilgan media.pfl.uz sayti orqali yuborishi kerak bo'ladi.
OAV sh.kholbaev@uzsl.uz elektron manziliga o‘z tashkilotlarini ro‘yxatdan o‘tkazish va unga javobgar shaxsni biriktirish bo‘yicha so‘rov yuborishlari va bunda OAV litsenziyasi, biriktiriluvchi shaxsning ism-familiyasi va elektron pochtasini berishlari lozim.
Akkreditatsiyadan o‘tish uchun hujjatlar 20-fevral sanasiga qadar qabul qilinadi.