Mash’al pley off doirasida Buxoro klubini Qarshida qabul qiladi
03.12.2025Superliga

Muborakdagi stadion bilan bog‘liq muammolar tufayli Mash’al 2025-yilgi mavsumni Gʻuzorda o‘tkazishga majbur bo‘ldi.
Superliga 30-turidan so‘ng Gʻuzor shahridagi Sho‘rtan stadionini kelasi mavsumga tayyorlash ishlari boshlab yuborildi va stadion o‘yinlar uchun yopildi. Shundan kelib chiqib, Mash’al pley offni o‘tkazish masalasida Nasaf bilan kelishuvga erishdi.
Superligadagi o‘rnini saqlab qolish uchun Mash’al 5-dekabr kuni Buxoro bilan raqobat hosil qiladi. Bellashuv Qarshidagi Markaziy stadionida o‘tkaziladi.
