Mash’al bosh murabbiyi bugungi uchrashuvda ishtirok eta olmaydi

10.03.2026Superliga

Mash’al bosh murabbiyi bugungi uchrashuvda ishtirok eta olmaydi

Mash’al futbol klubi bosh murabbiyi Igor Surov hozirda sog‘lig‘idagi muammolar tufayli davolanishda bo‘lgani uchun bugungi Qizilqumga qarshi bahsni o‘tkazib yuboradi.


Klub rasman bildirgan axborotga ko‘ra, murabbiy Navoiy shahridagi o‘yinga tashrif buyurmaydi. Uning o‘rniga murabbiylar shtabi vakili Otabek Narzullayev jamoani Qizilqum jamoasiga qarshi maydonga boshlab tushadi. Otabek Narzullayev, shuningdek jamoa murabbiyi sifatida o‘yindan keyingi matbuot anjumanida ishtirok etadi.

    facebooktwittertelegramok
  • Yangilikni ulashing

Boshqa yangiliklar