Mart oyining eng yaxshilari aniqlandi. Ovozlar qanday taqsimlandi?
14.04.2025Superliga

Bilasiz, Professional futbol ligasi odatga ko‘ra, har oy Superliganing eng yaxshi murabbiy va futbolchisi, shuningdek, eng chiroyli golni aniqlab keladi.
Unga ko‘ra, OKMK jamoasi bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov mart oyining eng yaxshi murabbiyi deb topildi. O‘tgan oy Superligada 3 o‘yinda maydonga tushib, raqib darvozasiga 4 ta to‘p kiritgan Luis Kachorri (Bunyodkor) esa eng yaxshi futbolchi bo‘ldi.
Shuningdek, Mash'al a’zosi Islombek Baratovning So‘g‘diyona jamoasi darvozasiga kiritgan to‘pi mart oyining eng chiroyli goli deya e’tirof etildi.