Maksim Shatskix: Uslubimizni takomillashtirishga vaqt kerak
27.05.2025O`zbekiston Superkubogi

O‘zbekiston Superkubogi uchun uchrashuv yakunlangandan so‘ng Andijon jamoasi ustozi Maksim Shatskix o‘yin haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
Bugungi mag‘lubiyat bizga biroz yoqimsiz hissiyotlarni taqdim etgan bo‘lsada, futbolchilarga bugungi uchrashuv uchun rahmat aytaman. Bugungi bahs davomida shogirdlarim maydonda bor kuchi bilan harakat qilishgani, maydonga borini tashlab chiqib ketishgani uchun ularga kiyim almashtirish xonasida minnatdorchilik bildirdim.
Albatta, bittagina penalti tufayli mag‘lub bo‘lishimiz biroz alamli. O‘yinni penaltilar seriyasiga olib bormaslik uchun asosiy vaqtdayoq masalani hal etish maqsadida o‘ynagandik. O‘yin davomida har ikki jamoa ehtiyotkorroq o‘ynadi. Bizga uslubimizni shakllantirish uchun vaqt kerak. Jamoaga kelganimga ko‘p vaqt bo‘lmadi. Ammo, keraklicha o‘zgarishlar qilishga harakat qilayapmiz.
Stadionga bizlarni qo‘llab-quvvatlash uchun kelgan muxlislarimizga raxmat. Ularning ishonchini kelgusi o‘yinlarda albatta oqlaymiz.
Bunday ob-havo sharoiti, yomg‘ir yog‘gani bizning o‘yinimizga salbiy ta’sir ko‘rsatdi demagan bo‘lardim. Bu – haqiqiy inglizcha ob-havo. Bunday sharoitda o‘ynash aslida yoqimli.
Superkubok o‘yinlarida mening statistikam yomon? Ketma-ket uchinchi mag‘lubiyat shunchaki statistika. Men bunday statistikaga oddiy qarayman, shunchaki sanamayman. Asosiy maqsadimiz ligadagi o‘yinlarda barqarorlikka erishish. Yozda tarkibni biroz kuchaytirishimiz kerak.