Lokomotiv klubining farm jamoasi Birinchi ligada ishtirok etish uchun ariza berdi
08.02.2025Birinchi liga

2025-yilgi mavsumni Proligada o‘tkazadigan Lokomotiv klubi jamoa o‘rinbosarlarining Birinchi ligaga qo‘shilishi bo‘yicha ariza berdi. Shu tariqa klub o‘tgan mavsum U21 jamoasi safida harakat qilgan futbolchilarini saqlab qolish va ularga o‘yin amaliyoti taqdim etishni rejalashtirgan.
Ma’lumot uchun, 2024-yilgi mavsumda Nasaf, Paxtakor, Navbahor va Bunyodkor klublari o‘z farm jamoasi bilan Birinchi ligada ishtirok etgandi.