Lokomotiv ham tarbiyalanuvchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha talabni bajardi

12.01.2026PFLSuperliga

Lokomotiv ham tarbiyalanuvchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha talabni bajardi

Avvalroq bunday klublar 7 tani tashkil etayotgani xabar berilgandi. Endilikda ular qatoriga Lokomotiv ham qo‘shildi. 


Temiryo‘lchilar 12 ta yosh toifa bo‘yicha umumiy hisobda 230 nafar tarbiyalanuvchini rasman ro‘yxatdan o‘tkazib ulgurdi. Klub mazkur yo‘nalishda ishni davom ettirayotgan bo‘lib, raqamlar hali yana oshishi katta ehtimol.  


Superliga startiga qadar 16 ta klub kamida 3,5 mingdan ziyod tarbiyalanuvchini rasmiylashtirishi rejalashtirilgan. Liga rejasiga ko‘ra, 2026-yil yakuniga qadar 10 mingga yaqin yosh futbolchining ma’lumotlari ro‘yxatga kiritiladi.

Lokomotiv ham tarbiyalanuvchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha talabni bajardi
    facebooktwittertelegramok
  • Yangilikni ulashing

Boshqa yangiliklar