Lokomotiv — Bunyodkor 2-taymi kech boshlangani yuzasidan axborot

19.10.2024PFLSuperliga

Lokomotiv — Bunyodkor 2-taymi kech boshlangani yuzasidan axborot

Superliga 21-turidan o‘rin olgan Lokomotiv — Bunyodkor bellashuvining 2-taymi belgilangan vaqtdan 32 daqiqa kech boshlandi. Sababi uchrashuv uchun javobgar bo‘lgan Liga komissarining telefoni Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumani IIB xodimlari tomonidan olib qo‘yilgan va uning o‘zi ichki ishlar bo‘limiga olib ketilgan. 


Ligaga ma’lum bo‘lishicha, Bunyodkor klubi rasmiysi hamda IIB xodimi o‘rtasida bahsli vaziyat yuzaga kelgan. Oqibatda tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining og‘zaki ko‘rsatmasiga ko‘ra Superliga o‘yinida faoliyat olib borayotgan VAR mashinasi hamda stadion hududida bo‘lgan uchrashuv rasmiylariga qarashli avtomashinalarni majburiy ravishda stadion avtoturargohidan olib chiqish uchun evakuator jalb etilgan. Shundan keyin Liga komissari bunday holatda uchrashuvni davom ettirib bo‘lmasligini tushuntirishga uringan vaqtida uning telefoni olib qo‘yilib, komissar go‘yoki ichki ishlar organi xodimining qonuniy talablarini bajarmagani ro‘kach qilinib, u stadiondan olib chiqilgan. 


Assotsiatsiya hamda Liga rahbariyatining sa’y-harakati evaziga komissar stadionga yetib kelgan. Bu vaqt davomida uchrashuv hakamlari ikkinchi bo‘limga chiqmagan. 


Endilikda Liga komissar bildirgisi asosida mazkur ishni o‘rganib chiqadi. Shuningdek, Do‘stlik stadioni, Lokomotiv va Bunyodkor klubi rasmiylari ham bu borada o‘z pozitsiyasini taqdim etadi. Shundan so‘ng Liga ichki ishlar organi xodimlariga huquqiy baho berilishini so‘rab yuqori turuvchi tashkilotga murojaat kiritadi.

Lokomotiv — Bunyodkor 2-taymi kech boshlangani yuzasidan axborot
    facebooktwittertelegramoklink

    Yangilikni ulashing

Boshqa yangiliklar

Sayt test rejimida ishlamoqda