Liga, televideniye va VAR mutaxassislari Surxon arenadagi holat bilan tanishdi

14.02.2025Superliga

Liga, televideniye va VAR mutaxassislari Surxon arenadagi holat bilan tanishdi

Xabaringiz bor, avvalroq Liga Superliga klublari stadionlarini ro‘yxatdan o‘tkazgandi. Unga ko‘ra, Surxon klubi uzoq muddatli tanaffusdan so‘ng o‘z uy uchrashuvlarini Surxon arenada o‘tkazishi kutilmoqda.


13-fevral kuni Liga mutaxassislari va televideniye vakillari Surxon arenadagi holat bilan tanishdi. Stadion chimi maxsus tekshiruvdan o‘tkazildi, projektorlar berayotgan yorug‘lik o‘lchandi. Stadion texnik hududi, kiyinish xonalari va boshqa muhim qismlar ko‘zdan kechirildi. Tegishli kamchiliklar bo‘yicha zaruriy ko‘rsatmalar berildi.


E’tiborlisi, Surxon arenada O‘zbekistondagi birinchi statsionar VAR xonasi tashkil qilinmoqda. Kecha VAR tizimi bo‘yicha yetakchi bo‘lgan Buyuk Britaniyaning Hawk Eye kompaniyasi mutaxassislari arenada ish boshladi. Yangi mavsumdan Surxon arena o‘zining shaxsiy VAR tizimiga ega bo‘ladi. Bu esa yo‘l xarajatlari va logistika muammolarini to‘liq bartaraf etadi.

Liga, televideniye va VAR mutaxassislari Surxon arenadagi holat bilan tanishdiLiga, televideniye va VAR mutaxassislari Surxon arenadagi holat bilan tanishdiLiga, televideniye va VAR mutaxassislari Surxon arenadagi holat bilan tanishdiLiga, televideniye va VAR mutaxassislari Surxon arenadagi holat bilan tanishdi
    facebooktwittertelegramok
  • Yangilikni ulashing

Boshqa yangiliklar