Liga Tartib-intizom qo‘mitasining ilk yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda

03.03.2026Superliga

Liga Tartib-intizom qo‘mitasining ilk yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda

Avvalroq Liga qoshida Tartib-intizom qo‘mitasi tuzilayotgani va uning faoliyatini tartibga soluvchi Kodeks ishlab chiqilgani ma’lum qilingandi. 


Liga Tartib-intizom kodeksining 4-moddasi 1-bandidan kelib chiqib, Qo‘mita besh nafar a’zodan tashkil topgan bo‘lib, ular futbolning turli yo‘nalishlarida faoliyat olib boradi. Jumladan, murabbiy sifatida Furqat Esonboyev taklif etilgan va u bir vaqtning o‘zida Qo‘mita raisi hisoblanadi. Sobiq futbolchi sifatida Baxtiyor Ashurmatov, sobiq hakam sifatida Bobur Haydarov, futbol sharhlovchisi sifatida Otabek Jo‘rayev, Liganing sport yo‘nalishi bo‘yicha Sardor Qudratullayev qo‘mita beshligini to‘ldiradi. Liga Komissari Diyor Xotamqulov Qo‘mitada kotib sifatida faoliyat olib boradi. Liga Ijroiya qo‘mitasi a’zosi Oybek Ibrohimxonov yuriskonsult sifatida tartib-intizom yo‘nalishi bo‘yicha Assotsiatsiya va Liga qoshidagi uch instansiya faoliyatini muvofiqlashtiradi.


Kelishuvga ko‘ra, Qo‘mita Superliga va O‘zbekiston kubogi doirasidagi tur o‘yinlar yakunlanganidan keyin yig‘iladi va mavjud holatlarni ko‘rib chiqadi. Jumladan, Superliga 1-turi doirasida bugun ikkita ish ko‘rib chiqilmoqda. Yig‘ilish bayonnomasi imzolangach, bu haqda alohida xabar beriladi.

Liga Tartib-intizom qo‘mitasining ilk yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqdaLiga Tartib-intizom qo‘mitasining ilk yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqdaLiga Tartib-intizom qo‘mitasining ilk yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqdaLiga Tartib-intizom qo‘mitasining ilk yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda
    facebooktwittertelegramok
  • Yangilikni ulashing

Boshqa yangiliklar