Liga sayti tashrif buyuruvchilar soni bo‘yicha rekord qayd etdi

29.02.2024PFL

Liga sayti tashrif buyuruvchilar soni bo‘yicha rekord qayd etdi

Kecha — 28-fevral kuni tushdan keyin pfl.uz saytiga kirishda muammolar yuzaga keldi. Liganing Artel bilan uch yillik shartnoma imzolagani haqida material chop etilgach, saytga tashrif buyuruvchilar soni keskin oshdi. 

Liga sayti klublar va futbolchilarga tegishli statistikalar, uchrashuvlar qaydnomalarini ham elektron, ham fayl shaklida joylashni boshlagach, saytimizga tashrif buyuruvchilar, jumladan, xorijdan kiruvchilar sonida ijobiy o‘sish kuzatilayotgandi. Shundan kelib chiqib, Liga katta yuklamalarga dosh bera oladigan, o‘zida qator yangiliklarni mujassam etishi ko‘zda tutilgan yangi sayt yaratish ustida ish olib borishga qaror qildi. Mart oyi davomida yangi sayt tayyor bo‘lishi ko‘zda tutilgan. 

O‘tgan yilning 12-dekabr sanasida Superliga ishtirokchilari soni 16 taga yetkazilishi haqida material chop etildi. O‘sha kuni saytga tashrif buyuruvchilar 20 mingdan oshgan bo‘lib, xabardan keyin saytga ulanishda uzilishlar yuz bergandi. Kecha esa tashrif buyuruvchilar soni 30 mingdan oshdi. 

Liga matbuot xizmati shu tempda ishlashda davom etadi. Yangi sayt ishga tushgach, u jahon futbol ligalarining eng yaxshi saytlari bilan raqobat qila oladigan darajaga yetkazilishi yo‘lida mehnat qilinadi. Ishonamizki, yaqin yillar ichida Liga sayti doimiy tashrif buyuruvchilar statistikasi masalasida yanada yaxshiroq marralarni zabt etadi.

    facebooktwittertelegramok
  • Yangilikni ulashing

Boshqa yangiliklar

Sayt test rejimida ishlamoqda