Liga Nasaf klubiga teletranslyatsiyalar masalasidagi ko‘magi uchun minnatdorchilik bildiradi

10.12.2025Superliga

Liga Nasaf klubiga teletranslyatsiyalar masalasidagi ko‘magi uchun minnatdorchilik bildiradi

Nasaf futbol klubiga qarashli translyatsiya studiyasi bir necha yillardan buyon Superliga o‘yinlarini efirga olib chiqish masalasida Ligaga ko‘maklashib keladi. 2025-yilgi mavsumda ham Liga va klub o‘rtasidagi bu hamkorlik davom etdi. 


Nasaf studiyasi 2025-yilgi mavsumda Qarshi hamda Gʻuzor shaharlarida bo‘lib o‘tgan Superliga va O‘zbekiston kubogi bellashuvarini tasvirga tushirib, “Sport ijodiy birlashmasi” uchun uni tayyor signal holatida uzatib keldi. Joriy mavsum Qashqadaryo viloyatining uch klubi Superligada kurash olib borganligidan kelib chiqib, Nasaf studiyasi Superliganing 45 ta uchrashuvini telekanalga taqdim etganligi tahsinga sazovor. O‘z navbatida Liga ko‘chma televizion studiyasi shu yilning avgust oyidan boshlab ishga kirishgan bo‘lib, Superliganing vodiyda o‘tgan 30 ga yaqin uchrashuvi uchun o‘z texnikasini taqdim etdi. 


O‘zaro hamkorlik yildan yilga rivojlanib bormoqda. Jumladan, Liga Toshkent mezbonlik qilgan U19 chempionatining pley-off bosqichiga o‘z texnikasini jalb qilgan bo‘lib, uning 2 ta asosiy uchrashuvini suratga tushirishda ham Nasaf mutaxassislari bilan hamkorlikda ishladi. 


Kecha — 9-dekabr kuni Liga ishchi guruhi Qarshiga safar uyushtirib, Nasaf klubida faoliyat olib borayotgan translyatsiyasi rejissyori Turob Haydarov bilan ham uchrashdi. Biz mazkur inson bilan yelkama-yelka xizmat qilib kelayotgan Otabek Egamberdiyev, Ulug‘bek Karimov, Husniddin Rahmonov, Shuhrat Xo‘janazarov, Jahongir Ubaydullayev, Muhammad Rajabov, Shavkat Boitov, Amiriddin Yoqubov, Toshtemir Avliyoqulov, Samar Umrqulov kabi fidoyi insorlarga ham o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz.

Liga Nasaf klubiga teletranslyatsiyalar masalasidagi ko‘magi uchun minnatdorchilik bildiradiLiga Nasaf klubiga teletranslyatsiyalar masalasidagi ko‘magi uchun minnatdorchilik bildiradiLiga Nasaf klubiga teletranslyatsiyalar masalasidagi ko‘magi uchun minnatdorchilik bildiradi
    facebooktwittertelegramok
  • Yangilikni ulashing

Boshqa yangiliklar