
Toshkent shahrida yangi mavsum oldidan Liga bayrog‘i ostida o‘tadigan musobaqalarda ishlovchi komissarlar uchun 2 kunlik o‘quv-seminari tashkil etildi. Bugun ushbu seminarning birinchi kuni bo‘lib o‘tdi. Uni OFK instruktori Aziza Tatlimuratova olib bormoqda.
Seminarda uchrashuv tashkilotchiligi, bellashuv oldidan, davomida va undan keyin yuzaga keladigan turli holatlar, shuningdek, xalqaro maydonda faoliyat olib borish davomida komissar ish faoliyatida yuzaga kelgan qiziqarli jihatlar muhokama etildi.
Shuningdek, Liga bayrog‘i ostida o‘tadigan musobaqalar reglamentidagi o‘zgarishlar va yangiliklardan komissarlar boxabar etildi.






