Liga 4—8-avgust kunlari ish faoliyatini onlayn olib boradi
02.08.2025PFL

7-avgust kuni Bunyodkor stadioni Jennifer Lopes konsert dasturiga mezbonlik qiladi. Shundan kelib chiqib, Bunyodkor klubi avgust oyidagi bir qator uchrashuvlarini Jar stadionida o‘tkazadi.
Konsert dasturi sababli Liga ofislari ham tadbir ishtirokchilari uchun taqdim etiladi. Shundan kelib chiqib, 4-8 avgust kunlari mutaxassislarimiz onlayn ish tartibida faoliyat olib boradi. 9-avgustdan e’tiboran ofis odatdagidek kun tartibiga qaytishi rejalashtirilgan.