Cosmos media klubi Birinchi liga pley-offida ishtirok etadi
22.10.2025Birinchi liga

Birinchi liganing pley-off bosqichida ishtirok etuvchi 15 jamoa nomi ma’lum bo‘lgani haqida xabar bergan edik. Birinchi liga reglamentining 5.4 bandiga ko‘ra, Liga bitta qo‘shimcha mehmon jamoani ushbu bosqichga taklif qilish huquqiga ega. Musobaqaning ommaviyligini oshirish maqsadida yuqoridagi bandga asosan, Liga Cosmos media futbol jamoasini pley-off bosqichiga taklif etdi.

Ma'lumot uchun, Cosmos media jamoasi 2024-yil 22-oktyabrda tashkil etilgan bo‘lib, qisqa vaqt ichida sport va media olamida o‘z o‘rnini topishga muvaffaq bo‘ldi. Jamoa faoliyati davomida turli media klublar bilan kuch sinashib, bir necha bor yirik g‘alabalarga erishdi. Jumladan Red Bull chempionatida chorak finalga qadar yetib borgan bo‘lsa, iTV Media Cup turnirida 4-o‘rinni egalladi.

Bugungi kunda Cosmos jamoasi Safia brendi bilan hamkorlik qilib kelmoqda va ushbu hamkorlik doirasida klubning o‘yin liboslari va mashg‘ulot infratuzilmasi yangi bosqichga ko‘tarilib bormoqda.
