Klubning mavsum uchun libosi qanday bo‘lishi kerak?

13.01.2025PFLSuperliga

Klubning mavsum uchun libosi qanday bo‘lishi kerak?

“Superliga va Proliga reglamenti”ning 17-bobida shu haqda so‘z boradi. 


Liga klublarga qulaylik yaratish maqsadida reglamentning tegishli bobini tushunarli ko‘rinishga keltirdi. Klub libos dizaynini ishlab chiqayotganda mazkur talablarga e’tibor qaratishi lozim. Fayl Liga saytining hujjatlar bo‘limiga ham yuklangan.  


2025-yildan boshlab har qanday klub o‘z muxlislari ko‘z o‘ngidagi uy uchrashuvida asosiy libosda maydonga tushishi talab etiladi. O‘tgan mavsumlar davomida bu jihat murabbiylar kayfiyati yoki ularning ayrimlari amal qiladigan irimlardan kelib chiqishi oqibatida uchrashuv komissarlari qator qiyinchiliklarga duch keldi. Shundan kelib chiqib, har bir klub o‘z maydonida qanday libosda harakat qilishi masalasini mavsum avvalida hal qilib olishi va uni mavsum so‘ngiga qadar o‘zgartirmasligi talabi reglamentdan joy oldi. Bu o‘z navbatida sevimli jamoasi ishtirokidagi uy o‘yiniga tashrif buyurayotgan ishqibozlar uchun ham qulaylikka olib keladi. 


Shuningdek, futbolchi o‘z litsenziyasida ko‘rsatilgan raqamli futbolkada o‘yinga qo‘yiladi. Har qanday klub mazkur masalaga professional nuqtai nazardan yondashishi, o‘zining U21 va U19 jamoalari uchun ham asosiy tarkibniki kabi liboslar taqdim etishi muhim ahamiyat kasb etadi. Bunday holatda keyinchalik asosiy tarkibga jalb etiladigan futbolchida o‘z libosi hamda raqami bilan Superliga yoki Proliga bellashuvida maydonga tushish uchun imkoniyat bo‘ladi.

    facebooktwittertelegramok
  • Yangilikni ulashing

Boshqa yangiliklar

Sayt test rejimida ishlamoqda