
Bugun Bunyodkor stadioni anjumanlar zalida futbol klublarining hisobchi hamda litsenziyalash menejerlari uchun yangi Litsenziyalash mavsumi bo‘yicha seminar tashkil etildi. Mazkur tadbirni Professional Futbol Ligasi Litsenziyalash bo‘limi boshlig‘i Jalolxon Inog‘omxo‘jayev olib bordi.

Seminar davomida ishtirokchilarga klublarni litsenziyalash jarayonidagi yangiliklar va kiritilgan o‘zgarishlar yuzasidan batafsil tushuntirish berildi. Shuningdek, Osiyo Futbol Konfederatsiyasi tomonidan yaqin yillarda litsenziyalash jarayoniga joriy etilishi kutilayotgan yangi talab va bandlarga alohida e’tibor qaratildi. Ushbu yo‘nalishda klublarning mavjud imkoniyatlari atroflicha tahlil qilindi.


Ushbu tadbir mutaxassislar uchun muhim axborot va amaliy tavsiyalar manbai bo‘lib xizmat qilishiga ishonamiz.