Klub buxgalteri va litsenziyalash menejeri uchun seminar o‘tkazildi

29.01.2025PFL

Klub buxgalteri va litsenziyalash menejeri uchun seminar o‘tkazildi

OFK litsenziyalash jarayoni start oldi. Klub 2025/26-yilgi mavsum litsenziyasiga ega chiqish uchun harakatni boshlashi talab etiladi. Mazkur jarayonni muvaffaqiyatli yakunlagan yuridik shaxs professional futbol klub maqomiga ega chiqadi. 


Liga litsenziyalash jarayonida klub bilan birga harakat qiladi. Bunda klub qanday ishlarni amalga oshirishi lozimligi va AFC CLAS platformasi bilan qanday ishlashi lozimligi to‘liq tushuntirildi. Litsenziyalash reglamentida aks etgan har bir bandga atroflicha to‘xtalindi. 


Klub buxgalteri va litsenziyalash menejeri uchun seminar o‘tkazildiKlub buxgalteri va litsenziyalash menejeri uchun seminar o‘tkazildi

Shuningdek, Liga uch masalaga alohida to‘xtalib o‘tdi: 


a) klublarning barqarorlik reytingi shakllantirilayotgani va uning mexanizmi qanday bo‘lishi;

b) klubning muxlislar tashrifi, boshqa homiylar, transfer, birdamlik mexanizmi yoki mashg‘ulot kompensatsiyasidan topayotgani daromadi masalasi;

d) futbol maktabi va uning tarbiyalanuvchilari uchun elektron futbolchi pasportini yuritish va buning qanday amalga oshirilishi. 



Klub buxgalteri va litsenziyalash menejeri uchun seminar o‘tkazildi

Seminarda 22 ta klub vakillari ishtirok etdi. Faqatgina Neftchi klubidan birorta mutaxassis unda ishtirok etmadi.

    facebooktwittertelegramok
  • Yangilikni ulashing

Boshqa yangiliklar