Kamoliddin Tojiyev: Ertaga umuman boshqa o‘yin bo‘ladi

28.10.2025O‘zbekiston kubogi

Kamoliddin Tojiyev: Ertaga umuman boshqa o‘yin bo‘ladi

O‘zbekiston kubogi finali oldidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Uning ikkinchi qismida Paxtakor jamoasi bosh murabbiyi Kamoliddin Tojiyev hamda jamoa yetakchisi Sardor Sobirxo‘jayev ishtirok etdi.

Kamoliddin Tojiyev: Ertaga umuman boshqa o‘yin bo‘ladi

Kamoliddin Tojiyev:

Har doimgidek tayyorgarlik ko‘rdik, yaxshi kayfiyatda yetib keldik. Ertaga chiroyli o‘yin ko‘rsatib, muxlislarni xursand qilishga harakat qilamiz. 
Bizda favoritmiz degan fikr yo‘q. Finalga kuchsiz raqib yetib kelmaydi, biz kuchli jamoaga qarshi bahs olib boramiz. Futbolchilarga ham aytdim, Ligada 4:0 hisobida g‘alaba qozonganimiz bilan ertaga umuman boshqa o‘yin bo‘lib o‘tadi. 
Albatta, ertangi g‘alaba orqali Osiyo maydonlariga qaytishga harakat qilamiz. Qolganini hozircha bilmaymiz, bu menga bog‘liq masala ham emas. 
Albatta, biz o‘z futbolchilarimizni saqlab qolishga harakat qilamiz. Lekin chet eldan yaxshi takliflar chiqadigan bo‘lsa, ularni ushlab o‘tirmaymiz. Kelgusi mavsum uchun yana bir necha nafar yaxshi futbolchilar bilan tarkibni kuchaytirishga harakat qilamiz. 
Buxoro qarshi hujumlarda yaxshi o‘ynaydi, biz shundan ehtiyot bo‘lishimiz kerak.
Kamoliddin Tojiyev: Ertaga umuman boshqa o‘yin bo‘ladi

Sardor Sobirxo‘jayev:

Bosh murabbiy aytganidek, hamma o‘yinga qanday tayyorgarlik ko‘rsak bunga ham shunday tayyorlandik. Ertaga yaxshi jang bo‘ladi deb o‘ylayman.

Finalda biz fovaritmizmi? O‘tgan yili Navbahor ham fovarit deyilgandi. Ammo, yakunda nima bo‘lganini bilasiz. Final bitta o‘yindan iborat va unda hamma narsa bo‘lishi mumkin. Qog‘ozda biz fovarit bo‘lishimiz mumkin. Ammo bu final. Bitta o‘yinda har narsa bo‘lishi mumkin

90 daqiqa hujum qiladigan jamoa agar gol urmada ruhiy jihatdan qiyin bo‘ladi. Bu aniq. Ammo bizda yaxshi ijrochilar ko‘p. Ishonaman, nasib qilsa ular o‘zini ko‘rsatishadi

    facebooktwittertelegramok
  • Yangilikni ulashing

Boshqa yangiliklar