
Superligada 23-tur bahslari start oldi. Paxtakor jamoasi bu tur o‘z maydonida Andijonni qabul qildi va 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. Bellashuvdan so‘ng jamoa murabbiyi Kamoliddin Tojiev matbuot anjumanida ishtirok etdi.
Bugun muxlislarga yoqadigan bahs bo‘ldi. Bahs avvalidagi 15 daqiqada o‘yinga qo‘shilib keta olmadik. Keyin hammasini o‘z qo‘limizga oldik. Zaxiradan futbolchilar tushirib o‘yinni kuchaytira oldik.
Paxtakorni oldingi chizig‘i bugun ideal o‘ynadimi yoki raqibni ochiq futbol o‘ynagani qo‘l keldimi?
Osiyo Elit ligasida bizni uchrashuv kutib turgan edi. O‘sha bahs oldidan hujumdagi muammolarimizga yechimlarni ko‘rib oldik.
Otabek Jo‘raqo‘zievning o‘yinidagi sifatning paydo bo‘lishi sababi nima?
Paxtakorga kelgan hamma futbolchi ham birdaniga o‘ynab keta olmaydi. Biz bu borada ish olib boryapmiz. Hozircha, uni chap qanot hujumida ko‘ryapmiz.
O‘rinboyev va Xolmatov haqida fikrlaringiz?
O‘rinboyev mehnat qilyapti. Kim u singari ishlasa albatta maydonga tushadi. Uning o‘yinidan qoniqdim. Diyor masalasiga kelsak, u davolanib safga qaytadi.O‘ylashimcha, 2-3 kundan so‘ng yana mashg‘ulotlarni boshlaydi.
Dilshod Saitov birinchi bo‘limda ko‘p xato qilgangandek bo‘ldi?
U anchadan beri o‘yin amaliyotga ega bo‘lmayotgan edi. Ancha tanaffusdan keyin, o‘yinga kirishib ketish qiyin. Unga biroz amaliyot kerak.