
Avval xabar berib o‘tganimizdek, bugun Wyndham mehmonxonasida Jahon ligalari assotsiatsiyasi Bosh kotibi Jerom Perlemuter, JLAning Ligalarni rivojlantirish bo‘yicha vakili Stanislav Shtipkov, Chexiya futbol ligasi ijrochi direktori Tomas Barta hamda O‘zPFL musobaqalarida ishtirok etuvchi professional futbol klublari rahbariyati ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Unda JLA vakillari turli yo‘nalishlar bo‘yicha o‘zlarining taqdimotlari bilan ishtirok etdi. Shuningdek, Chexiya ligasi ijrochi direktori Tomas Barta o‘z ligasi va yo‘lga qo‘yilgan ishlar bo‘yicha tajribalari bilan o‘rtoqlashdi.





