JLA bosh kotibi futbol klublari rahbarlari bilan uchrashadi

11.06.2025PFL

JLA bosh kotibi futbol klublari rahbarlari bilan uchrashadi

Avvalroq xabar berganimizdek, ayni vaqtda Jahon ligalari assotsiatsiyasining Ligalarni rivojlantirish bo‘yicha vakili Stanislav Shtipkov Toshkentda bo‘lib turibdi. O‘tgan uch kun davomida mutaxassis O‘zPFL faoliyatini o‘rganib, uning har bir bo‘limi xodimlari bilan alohida suhbat o‘tkazmoqda. 


Ertaga — 12-iyun kuni tongda JLA bosh kotibi Jerom Perlemuter poytaxtimizga yetib keladi. Tashrif doirasida Perlemuter O‘FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov bilan uchrashadi. Shuningdek, 13-iyun kuni 16:30 da Wyndham mehmonxonasida O‘zPFL musobaqalarida ishtirok etuvchi professional futbol klublari rahbariyati ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tadi. Unda OAV vakillarining ham bo‘lishi ko‘zda tutilgan.


14-iyun kuni Jerom Perlemuter, Stanislav Shtipkov, shuningdek, Chexiya hamda O‘zbekiston Professional futbol ligalari rahbarlari ishtirokida matbuot anjumani o‘tkaziladi. Anjumanda mamlakatimiz Superligasi, uni rivojlantirish yo‘lida O‘zPFL ishtiroki, jahonning futboli rivojlangan mamlakatlari Ligalari faoliyati va boshqa ko‘plab masalalarda jurnalistlar bilan suhbat tashkil etiladi. Matbuot anjumani 11:00 da Bunyodkor stadionida bo‘lib o‘tadi. 


Shu kuni 20:00 da mehmonlar Superliga 12-turidan o‘rin olgan Bunyodkor — Paxtakor bellashuvini stadiondan kuzatadi. 


Liga mazkur jarayonlarni yoritishni maqsad qilgan OAV vakillarini tadbirlarga taklif etadi.

JLA bosh kotibi futbol klublari rahbarlari bilan uchrashadi
    facebooktwittertelegramok
  • Yangilikni ulashing

Boshqa yangiliklar