Jamshid Saidov: Maqsadimiz kuchli o‘nlik edi

01.12.2024Superliga

Jamshid Saidov: Maqsadimiz kuchli o‘nlik edi

Superliganing 26-turida Qizilqum jamoasi OKMK mehmoni bo‘ldi va 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. Bellashuvdan so‘ng jamoa bosh murabbiyi Jamshid Saidov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Bugungi o‘yinning qadrini shogirdlarim his qilishdi, ammo bitta zarba hal qildi. Uchrashuvda xarakter ko‘rsatdik. Raqibni kumush medal bilan tabriklayman. Yigitlarga yaxshi va yomon o‘yinlar uchun tashakkur aytaman. Menimcha, mavsumni yomon o‘tkazmadik. Uzoqdan bizni qo‘llab-quvvatlagani kelgan ishqibozlarga tashakkur. Biz uchun begona maydonda o‘ynaganimiz uchun mavsum oson o‘tmadi. Bu futbolchilarga ta’sir qildi.

Bu mavsum jamoa oldiga qanday maqsad qo‘yilgan edi?

Asosiy maqsad sifatida kuchli o‘ntalikda bo‘lish belgilangan edi. Hozir rahbariyat stadionni ta’mirlash uchun katta pul sarflayotgani sababli vaziyatni to‘g‘ri baholadik. Afsuski, bizga maqsadimiz uchun bir necha ochko yetmadi.
    facebooktwittertelegramok
  • Yangilikni ulashing

Boshqa yangiliklar

Sayt test rejimida ishlamoqda