Jamshid Saidov: Bugun omad yetishmadi

02.11.2024Superliga

Jamshid Saidov: Bugun omad yetishmadi

Superligada 23-tur o‘yinlari davom ettirildi. Qizilqum jamoasi bu tur o‘z maydonida Dinamoni qabul qildi va 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Bellashuvdan so‘ng jamoa bosh murabbiyi Jamshid Saidov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Bugun biroz omadimiz kelmadi. Yigitlar oxirigacha jang qilishdi. Oldinda 3 tur bor. Unga maksimal tayyorgarlik ko‘ramiz.

Bugun nima yetishmadi deb o‘ylaysiz?

Hujumda keskinlik yetishmadi. Jarohat olgan Lobjanidzening yo‘qligi bog‘lamlar ishlamasligiga sabab bo‘ldi. Vaholanki yomon o‘ynamadik. Vaziyatlar yaratdik. 

Hakam bilan tortishib qolganingiz sababi nima?

Bu futbol. Unda emotsiya bo‘ladi. Shu bois hakam meni ogohlantirdi. E'tirozlar bo‘ldi, ammo hakam qarorni o‘zgartirmaydi. Jiddiy hech narsa yo‘q.

Mavsum boshida qo‘yilgan maqsadga qanchalik yetdingiz?

Hali oldinda 3 o‘yin bor. Hozirgi taqvimda hammasi birdaniga o‘zgarib ketishi mumkin. Bu o‘yinlarda kutilamagan natijalar bo‘ladi. 

Kelasi mavsumda o‘rinbosarlardan kimlarni e'tirof etasiz?

Legionerlarni zaif nuqtalarni berkitish uchun olib kelamiz. Haqiqatdan ham yoshlarimiz yaxshi natijalar qayd etmoqda. Bozorov, Asadov singari yigitlarga imkon berilmoqda. 

Muhammadali G‘iyosovga xaridor ko‘pmi?

U o‘sib bormoqda. Medallar uchun kurashadigan jamoalarda o‘ynash darajasiga chiqib bo‘ldi. Vaqt ko‘rsatadi. 3 ta o‘yindan keyin xulosa qilamiz.
    facebooktwittertelegramok
  • Yangilikni ulashing

Boshqa yangiliklar

Sayt test rejimida ishlamoqda