Iyun oyining eng yaxshilari aniqlandi. Ovozlar qanday taqsimlandi?

25.07.2025Superliga

Iyun oyining eng yaxshilari aniqlandi. Ovozlar qanday taqsimlandi?

Bilasiz, Professional futbol ligasi odatga ko‘ra, har oy Superliganing eng yaxshi murabbiy va futbolchisi, shuningdek, eng chiroyli golni aniqlab keladi.



Unga ko‘ra, Bunyodkor jamoasi bosh murabbiyi Ilyos Zeytullayev iyun oyining eng yaxshi murabbiyi deb topildi. O‘tgan oy Superliga va O‘zbekiston kubogida 4 o‘yinda maydonga tushib, raqib darvozasiga 3 ta to‘p kiritgan hamda 2 assist qayd etgan Temurxo‘ja Abduxoliqov (Bunyodkor) esa eng yaxshi futbolchi bo‘ldi.



Shuningdek, Neftchi a’zosi Ikromjon Aliboyevning Qizilqum jamoasi darvozasiga kiritgan to‘pi iyun oyining eng chiroyli goli deya e’tirof etildi.


Iyun oyining eng yaxshilari aniqlandi. Ovozlar qanday taqsimlandi?

    facebooktwittertelegramok
  • Yangilikni ulashing

Boshqa yangiliklar