Ivan Boshkovich: Menimcha, Nasafni quvib o‘tish imkonsiz
26.09.2024Superliga
Superligada 20-tur o‘yinlari davom ettirildi. So‘g‘diyona jamoasi bu tur safarda Navbahor bilan kuch sinashdi va 3:0 hisobida g‘alaba qozondi. Bellashuvdan so‘ng jamoa bosh murabbiyi Ivan Boshkovich matbuot anjumanida ishtirok etdi.
Bahs juda qiziq o‘tdi. Maydonning holatidan kelib chiqib murakkab bo‘ldi desam ham bo‘ladi. Biz ko‘p joyda istaganimizdek o‘yin ko‘rsata olmadik. Birinchi bo‘limda men istagan narsalar ishlamadi. Shu bois, o‘zgarishlarni amalga oshirdik. Futbolchilardan kurashlarda faol bo‘lishini talab qildim. Yigitlar hammasini tushundi. Ikkinchi taymda biz agressiya qo‘shdik. Bugun legionerimizning mahorati bizga qo‘l keldi. Bugun ko‘proq gol urishimiz mumkin edi. Navbahorda ham imkoniyatlar bo‘ldi, ammo himoya chizig‘imiz yaxshi harakat qildi. Mehmonda, yaxshi jamoaga qarshi o‘yinda gol o‘tkazib yubormadik. Navbahorga finalda omad tilayman.
Navbahorda qayerda xato ketdi?
Umuman olganda, jamoalarimiz bir-birini yaxshi biladi. Biz ham, ular ham maydon sababli istaganimizdek futbol ko‘rsatmadik. Bu bahsda xarakter ham rol o‘ynadi. Bizga avvalgi natijalar ko‘rsatdi. Nasaf uzoqlashib ketganiga qaramay, yigitlarni ruhan kurashni davom ettirishga harakat qildik. Biz oxirigacha kurashamiz. Hozir, Navbahor finalga e’tibor qaratgan. Mavsum ular kutganidek bo‘lmagani bois, bor e’tibor kubokka qaratilgan. Biz singari tezkor jamoalar bilan ochiq futbol o‘ynash og‘ir. Nima bo‘lganda ham, Navbahor o‘z uyida o‘ynamoqda. Agar maqsad chempionlik bo‘lsa birinchi raqamda harakat qilishi kerak. Dinamika bugun biz tomonda bo‘ldi.
Lushchanning va Babayanning Navbahori o‘rtasida qanday farq bor?
Agressiya va kuchli pressing masalasida o‘zgarish bor, biroq maydonning sifati sababli terma jamoa futbolchilari o‘z imkoniyatini namoyish eta olmadi. Muxlislar uchun o‘ynayapmiz, ammo yuqori darajadagi futbolchilar yaxshi maydonga loyiq. Kubokdagi uchrashuvda biz raqibni bizga nima taklif etishini bilmagan edik. Shaxsan meni yuqori pressing va agressiv futbol xayron qoldirgan edi.
Asosiy bellashuvlarda rotatsiya qilish masalasida fikringiz qanday?
Men deyarli har doim imkon beraman. Hatto, ular bunga xaqli desam ham bo‘ladi. Jamoamizda katta yoki yosh futbolchi degan tushuncha yo‘q. Kim o‘zini mashg‘ulotlarda yaxshi ko‘rsatsa, maydonga tushadi. Menga umuman farqi yo‘q. Ular meni ishonchimni oqlamoqda. Ular tayyor bo‘lganda maydonga tushirish meni vazifam. Buni rotatsiya deb atamagan bo‘lar edim. Bizning chempionatda o‘yinlar soni kam. Rotatsiya haqida qanday gap bo‘lishi mumkin?
Chempionlik poygasida intriga tugadimi?
Men doim g‘alaba uchun o‘ynayman. Bu mening mentalitetim. Nasafning uzoqlashib ketgani ruhan bizga ta’sir qilgan bo‘lishi mumkin, ammo ikkinchi bo‘limda buni yengib o‘tdik. Afsuski, biz turnir jadvalida pastdagi jamaoalar bilan bahslarda 8 ochko yo‘qotdik. Bu uchun afsusdaman. Biz faqat bu mavsum uchun harakat qilmayapmiz. Kelasi mavsumda yanada kuchliroq bo‘lamiz. Intriga masalasida bilmadim. Nasafni quvib o‘tish deyarli imkonsiz. Sport tomondan kurashda davom etamiz.