Istiqlol stadioni 5-oktyabrga qadar futbol uchrashuvlarini qabul qilmaydi

09.09.2024PFLO‘zbekiston kubogiSuperliga

Istiqlol stadioni 5-oktyabrga qadar futbol uchrashuvlarini qabul qilmaydi

Har yili bo‘lgani kabi yoz chillasidan keyingi 1 oy davomida mamlakatimizdagi futbol maydonlari maysasi qaytadan tiklanish jarayonini boshdan kechiradi. Boisi havo 45 darajadan yuqori bo‘lgan yozning har bir kuni maysa holatini keskin yomonlashtiradi. 


7-sentyabr kuni Liga mutaxassislari Farg‘onada bo‘ldi hamda O‘zbekiston kubogining final uchrashuvi oldidan dastlabki tayyorgarlik ishlarini boshladi. Safar davomida Liga qator masalalarni o‘z rejasiga kiritdi. 


Ayni vaqtda Istiqlol stadioni maysasining holati yaxshi emas. Yil davomida maysa talab qilingan ozuqani yetarli darajada olmagan, chilla davomida maysa va uning ostki holatida o‘zgarishlar yuz bergan. Liga vakillaridan avval stadionga 400 kilogramm urug‘ yetib kelgan bo‘lib, ayni vaqtda qo‘shimcha maysalar maydon sathi yuzasiga chiqishni boshlagan. Oy davomida maydon mutaxassislar nazorati ostida bo‘ladi. U oktyabr oyiga qadar futbol uchrashuvini normal holatda o‘tkazishga tayyor bo‘lishi ko‘zda tutilgan.


Finalga qadar Qo‘qon-1912 klubi mazkur arenada 2 ta, Neftchi esa 1 ta uchrashuv o‘tkazishi lozim edi. Safar oldidan Liga Qo‘qon-1912 klubi ishtirokidagi uchrashuvlar sanasiga o‘zgartirish kiritdi va ularni oktyabr oyidagi FIFA kunlarida o‘tkazishga qaror qildi. Shuningdek, Neftchi’ning Qizilqum bilan Superliga doirasidagi o‘yinini boshqa stadionga o‘zgartirish masalasida klub rahbariyati bilan kelishuvga erishildi. Bu haqda keyinroq alohida ma’lumot beriladi.


    facebooktwittertelegramok
  • Yangilikni ulashing

Boshqa yangiliklar

Sayt test rejimida ishlamoqda